Dunyodagi eng tez ishlovchi lift aniqlandi
Janubiy Koreyadagi eng baland, jahonda esa beshinchi o‘rinda turuvchi «Lotte World Tower» eng tez ishlovchi lift o‘rnatilgan bino maqomini qo‘lga kiritdi. «Business Insider» yozishicha, bu lift binoning 1-qavatidan 121-qavatiga sizni atigi bir daqiqada chiqarib qo‘yadi.
Qurilishi 2016-yili nihoyasiga «Lotte World Tower»ning balandligi — 555 metr. Bino 123 qavatli, shuningdek, 6 ta yer osti qavati bor, derazalari soni 42 mingta. Xavfsizlik darajasi o‘ta yuqori: 9 ballgacha zilzilaga bardoshli, AQSh janubi-sharqini vayron qilgan «Katrina» singari to‘fonlar unga pisand emas.
Inshoot Seulning o‘ziga xos tashrif qog‘ozlaridan biriga aylangan. Aytishlaricha, yangi maqom berilganidan so‘ng, ya’ni unda eng tez lift borligi aniqlangach, bu yerga sayohlarning kelishi yiliga 60 million nafardan oshib ketarkan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter