Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat Toshkentdagi yerusti «peshexod»lariga o‘rnatilgan liftlar bilan bog‘liq muammoga to‘xtaldi

Senat Toshkentdagi yerusti «peshexod»lariga o‘rnatilgan liftlar bilan bog‘liq muammoga to‘xtaldi

Bugun, 20-dekabr kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Senatorlar aholini qiynayotgan muammolarni muhokama qilib, jumladan, majlisda Toshkent shahri yo‘llaridagi yerusti piyodalar o‘tish joylaridan (ko‘priklar)da lift va eskalatorlar ishlamasligi tufayli  piyodalar, ayniqsa keksalar, homiladorlar, yosh bolalilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar turli qiyinchiliklarga duch kelayotganiga to‘xtaldi.

Xususan, Muqimiy («Novza» metro bekati), Abdulla Qodiriy ko‘chalaridagi ko‘priklarda lift va eskalatorlar ishlamasligi, Muqimiy va Lutfiy ko‘chalari kesishmasidagi 2 ta ko‘prik va Shota Rustaveli ko‘chasidagi ko‘prikda lift yoki eskalatorning o‘zi yo‘qligi aytib o‘tildi.

Mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillarining izohlari eshitildi.

Ko‘priklar aholiga qulaylik yaratish uchun qurilganligi inobatga olinib, ushbu muammolarni hal etish yuzasidan Toshkent shahar hokimligi va boshqa tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklandi.

Muhokamalar davomida ushbu masala Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi nazorati ostida bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring