Ichida qizaloq bilan qulagani aytilgan lift soz bo‘lgani ma’lum qilindi
Toshkent shahri Yangihayot tumanida ichida yosh qizaloq bo‘lgan lift tormozi ishlamay, pastga qulagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi holat yuzasidan o‘rganish natijalarini e’lon qildi.
Ma’lumot berilishicha, ko‘p qavatli uyda yangi o‘rnatilgan lift uskunasi qulagani bo‘yicha tarqalgan video yuzasidan Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining tegishli davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
Aniqlanishicha, 2013 yilda tug‘ilgan Kozimbekova Nigina liftda 1-qavatdan 7-qavatga ko‘tarilish vaqtida uchinchi va to‘rtinchi qavatlar oralig‘ida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘lgan. Ushbu uyga tegishli elektr ishlab chiqaruvchi generator avtomatik ravishda ishga tushgan va lift harakatlanib, qizaloq undan xavfsiz chiqib olgan.
Ko‘p qavatli uyga hozirda xizmat qiluvchi Trust communal MChJ (boshqaruv servis kompaniyasi) va Premium promation MChJ tomonidan liftlarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Lift uskunasi 2022 yil Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan, (05.06.2023) L10256 son bilan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Inspeksiya vakillari o‘rganishi davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek lift pastga tushib ketmaganligi va soz holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, inspeksiya tamonidan Trust communal MChJ boshqaruv servis kompaniyasi, Premium promation MChJlarga va Kozimbekova Nigina Farrux qizining oila a’zolariga liftdan xavfsiz foydalanish hamda elektr tarmog‘idan uzilish bo‘lgan vaqtda qanday choralar ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter