Dunyodagi eng qimmat surat qalbaki bo‘lishi mumkin
Dunyodagi eng qimmat surat qalbaki bo‘lishi mumkin. Bu haqda «New York Post» xabar berdi.
Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub, 450 million dollarga sotilgan «Dunyoni qutqaruvchi» asari dublikat bo‘lishi mumkin — san’atshunos Ben Lyuis shunday fikrda. Agar bu asl surat emas, dublikatligi isbotini topsa uning narxi bor-yo‘g‘i 1 400 dollar bo‘ladi, xolos.
Lyuisning ta’kidlashicha, Londondagi Milliy galereya qator ekspertlar suratning aslligini shubha ostiga olgani haqidagi axborotni maxfiy tutgan holda auksion qatnashchilarini aldagan.
Eslatib o‘tamiz, Uyg‘onish davrining atoqli rassomi Leonardo da Vinchining «Dunyoni qutqaruvchi» asari 2017-yili Nyu-Yorkdagi auksionda sotilgan edi. Uning bunchalik qimmatlashuviga kimoshdi savdosi arafasida uyushtirilgan piar sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter