Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchi qiz yana chempion bo‘ldi
Yaponiyalik Naomi Osaka karerasida ikkinchi marta tennis bo‘yicha AQSh Ochiq chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Finalda Osaka belarus Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqib, 1:6, 6:3, 6:3 hisobda uni yengdi. Sportchilar kortda 1 soatu 53 daqiqa bellashishdi.
22 yoshli tennischi 2018-yilda ham US Openda g‘olib bo‘lgandi. O‘shanda finalda yaponiyalik sportchiga mag‘lub bo‘lgan Serena Uilyams hakamlar qaroriga qarshi chiqib, janjal ko‘targan. U hakamlar ishidan noroziligini bildirib, ularni o‘g‘riga chiqargan.
Osaka dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchi ayol sifatida tan olingan. O‘tgan yili u $37,4 mln ishlab topgan. Bu Serena Uilyamsning maoshidan $1,4 mln, Mariya Sharapovaning $29,7 millionlik rekordidan esa ancha ko‘p.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter