Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng keksa er-xotin nikohining 80 yilligini nishonladi

Dunyodagi eng keksa er-xotin nikohining 80 yilligini nishonladi

Foto: «CNN»

Dunyodagi eng keksa er-xotin – amerikalik 106 yoshli Jon bilan 105 yoshli Sharlotta Xenderson – nikohining 80 yilligini nishonladi, deya xabar berdi «CNN» telekanali.

Yubiley sharafiga Jon Sharlottani 1920-yilda ishlab chiqarilgan ikki kishilik avtomobilda shahar aylantirdi va birinchi uchrashuvida bo‘lgani kabi unga guldasta hadya qildi. Er-xotin bu unutilmas kunni oilasi va yaqinlari davrasida nishonladilar, shu yillar davomida olingan fotosuratlar slayd-shousini birgalikda tomosha qildilar.

Bo‘lg‘usi kelin-kuyov 1934-yili Texas universitetida tanishib, 1939-yili turmush qurishdi. Xendersonlar dunyodagi eng keksa er-xotin sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.

— Ular ajoyib juftlik va baxtli oilalarga namuna. Ular yonma-yon bo‘lishdan, birga sayohat qilishdan va birga hayotdan kechirishdan bag‘oyat baxtiyorlar, — deydi qarindoshi Jeyson Fri.

Telekanalning ta’kidlashicha, er-xotinning sog‘ligi mustahkam. Ularning so‘zlariga ko‘ra, baxtli oila va uzoq umr ko‘rishlarining siri o‘zaro mehr-muhabbatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring