Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi birinchi insulin tabletkalari yaratildi

Dunyodagi birinchi insulin tabletkalari yaratildi

Illyustrativ foto

Amerikalik olimlar birinchi insulin tabletkalarini yaratishdi. Dori barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, diabetga chalinganlar kerakli gormonlarni hapdorilar vositasida qabul qilishlari mumkin bo‘ladi. Yangi dori vositasi tafsilotlari PNAS nashrida e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda 340 millionga yaqin kishi diabetdan aziyat chekmoqda. Ularning qariyb yarmi kuniga bir nechtagacha insulin bilan emlanishga majbur.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, insulin shundoq olib ichib yuboriladigan dori emas, bu tarzda moddaning qonga tushishi qiyin. Qolaversa, o‘ta kuchli gormon bo‘lgani bois dozani oshirib yuborish hayot uchun xavfli. Shuning uchun ham tabletka ko‘rinishidagi dorilarni ishlab chiqarish masalasi paydo bo‘lgandi.

Uzoq urinishlardan so‘ng amerikalik olimlar ishlab chiqqan insulin tabletkalari oshqozon suyuqligi ta’sirida ham dorivor xususiyatini yo‘qotmaydi. Bu doridagi insulin molekulalari qonga keraklicha dozada so‘riladi.

Ushbu dorini shlab chiqish uchun «ionli suyuqlik» deb nomlanganmaxsus qobiq ixtiro qilindi. suvsiz o‘ziga xos bu substansiya tuzlardan tashkil topgan, erish harorati pastligi bois suyuqlikni eslatadi. Uni yangi dorining suyuq qobig‘i deb ham ta’riflash mumkin.

Yangi dori ayni paytda hayvonlarda sinalyapti. Tadqiqotchilar yaqin yillarda insulin tabletkalari dorixonalardagi odatiy dorilar qatoridan joy olishiga katta umid bildirishyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring