Diabetga qarshi kurashishning oddiy usuli topildi
Buyuk Britaniyada Kembrij universiteti olimlari 2-tip diabetga qarshi kurashishning oddiy usulini aniqlashdi. Odatda kasallik remissiyasi uchun uglevodsiz parhez qo‘llaniladi. Biroq to‘qimalarning insulinga sezgirligini oshirishga besh yil mobaynida vaznni 10 foiz kamaytirish ham qo‘l kelgan. Bu haqda «Science Alert» nashriga tayanib «Rambler» xabar bermoqda.
Tadqiqotda 2-tip diabet tashxisi qo‘yilgan 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan qariyb 867 nafar kishi qatnashdi. Ishtirokchilarning bir qismi oddiy tibbiy yordam olgan bo‘lsa, qolganlari maslahatlardan tashqari davo muolajalaridan ham foydalanishgan. Besh yillik tajribadan so‘ng remissiya 257 kishida (ishtirokchilarning 30 foizida) qayd etilgan.
Remissiya 10 foiz vazn yo‘qotgan kishilarda tadqiqot davomida og‘irligi umuman o‘zgarmagan kishilarga nisbatan ikki baravar yuqori bo‘lgan.
Bunda qat’iy parhez yoki turmush tarzini butkul o‘zgartirish talab etilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter