Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diabetga qarshi kurashishning oddiy usuli topildi

Diabetga qarshi kurashishning oddiy usuli topildi

Foto: «Flgso.ru»

Buyuk Britaniyada Kembrij universiteti olimlari 2-tip diabetga qarshi kurashishning oddiy usulini aniqlashdi. Odatda kasallik remissiyasi uchun uglevodsiz parhez qo‘llaniladi. Biroq to‘qimalarning insulinga sezgirligini oshirishga besh yil mobaynida vaznni 10 foiz kamaytirish ham qo‘l kelgan. Bu haqda «Science Alert» nashriga tayanib «Rambler» xabar bermoqda.

Tadqiqotda 2-tip diabet tashxisi qo‘yilgan 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan qariyb 867 nafar kishi qatnashdi. Ishtirokchilarning bir qismi oddiy tibbiy yordam olgan bo‘lsa, qolganlari maslahatlardan tashqari davo muolajalaridan ham foydalanishgan. Besh yillik tajribadan so‘ng remissiya 257 kishida (ishtirokchilarning 30 foizida) qayd etilgan.

Remissiya 10 foiz vazn yo‘qotgan kishilarda tadqiqot davomida og‘irligi umuman o‘zgarmagan kishilarga nisbatan ikki baravar yuqori bo‘lgan.

Bunda qat’iy parhez yoki turmush tarzini butkul o‘zgartirish talab etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring