Dunyoda nechta fan bor? Ularning nechtasi O‘zbekistonda o‘qitiladi?
Savol: Dunyoda nechta fan bor? Ularning nechtasi O‘zbekistonda o‘qitiladi? Faqat mamlakatimizdagina o‘qitiladigan fanlar ham bormi?
Hulkar NIYoZOVA, Jizzax shahri
Javob: Fan ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi bilimlar tizimidir. U uchta katta turkumga — ijtimoiy-gumanitar, tabiiy va texnika sohasidagi fanlarga bo‘linadi. Hozirgi kunda mutaxassislar tomonidan fanlarning aniq soni keltirilmagan. Chunki fan turkumlarining har biri o‘z navbatida minglab fan sohalariga bo‘linadi.
Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida 23 ta o‘quv fani o‘qitiladi. Ushbu o‘quv fanlari o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash uchun eng zarur bo‘lgan bilimlar majmuini qamrab oladi.
O‘zbekistonning milliy kelib chiqishi bilan bog‘liq holda ayrim fanlar faqat bizdagina o‘qitiladi. Bular odobnoma, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fanlaridir.
Savolga pedagogika fanlari doktori Rohatoy SAFAROVA javob berdi.
marifat.uz saytidan olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter