Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda mudofaa uchun xarajatlar rekord darajaga yetdi

Dunyoda mudofaa uchun xarajatlar rekord darajaga yetdi

2022-yilda jahon mudofaa xarajatlari so‘nggi sakkiz yildagi eng yuqori darajaga yetdi va 3,7 foizga oshib, 2,224 trillion dollarni tashkil qildi.

Bu ma’lumotni Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) tadqiqoti  tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, Institut ma’lumotlariga ko‘ra, global mudofaa xarajatlari 2013-yildan 2022- yilgacha bo‘lgan davrga nisbatan 19 foizga oshgan va 2015-yildan beri shiddat bilan o‘sishda davom etmoqda.

SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh, Xitoy, Rossiya, Hindiston va Saudiya Arabistoni mudofaa uchun eng ko‘p harbiy xarajatlarga yega. Ularning harji jahon harbiy-sanoat kompleksi xarajatlarining qariyb 63 foizini tashkil etdi.

Harbiy xarajatlarning oshishiga asosiy sabab Ukrainadagi mojarodir. Bundan tashqari, Yevropa davlatlarining Kiyevga ko‘rsatayotgan yordami, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining xarajatlarini oshirishi qator davlatlarni harbiy budjetlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring