Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 25 milliondan oshdi

Yangi tipdagi koronavirusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 25 million kishidan oshdi. Bu haqda jahon bo‘yicha koronavirus tarqalishini o‘z manbalariga tayangan holda hisob-kitob qilib borayotgan Jons Xopkins universiteti ma’lum qildi.
Universitet xabariga ko‘ra (13:00 t.v.), koronavirusga chalinganlar soni 25 009 739 kishiga yetdi. 842 709 kishi COVID-19 tufayli vafot etdi. Shu vaqtga qadar 16 411 400 kishi tuzalgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter