Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo moliyachilari Londondan nega yuz o‘girishdi?

Dunyo moliyachilari Londondan nega yuz o‘girishdi?

Foto: «Reuters»

Brexit bilan bog‘liq mujmallik qayd etilgan yillar davomida Londondan butun dunyo moliyachilari yuz o‘girishdi. 2018-yildan buyon Buyuk Britaniya poytaxtini asosiy moliya markazi deb hisoblovchilar soni 53 foizdan 33 foizga qisqardi. Bu haqda «Duff&Phelps Global Regulatory Outlook» tadqiqotlariga tayanib «Guardian» xabar berdi.

Uning o‘rnini Nyu-York egalladi — 2020-yilda so‘rovnoma ishtirokchilarining 56 foizi uni dunyoning moliyaviy poytaxti deb hisoblaydi.

Tadqiqot doirasida ushbu savolga bank sohasi, moliyaviy kompaniyalar va aktivlarni boshqaruvchi kompaniyalardan 245 nafar top-menejerlar javob berishgan.

Analitiklarning fikricha, London oldingi mavqeini tiklay olmaydi, biroq Nyu-Yorkning mavqei ham yomonlashadi. Kelgusi besh yil davomida ular Gonkong, Singapur va Shanxayning imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda. Londonning istiqboliga so‘rovnoma ishtirokchilarining atigi 22 foizi ishonch bildirmoqda. Biroq Yevropada uning mavqeiga hech kim yetolmaydi, deb hisoblaydi respondentlar.

Britaniya poytaxti uchun vaziyatdan chiqish yo‘llaridan biri normativ-huquqiy bazani yaxshilash hisoblanadi. Shunda moliyaviy sektor yangi iste’dodlarni jalb qiladi va Londonning mavqei tiklanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring