Janubiy Koreyaning ommabop jurnali O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus son chop etdi
Janubiy Koreyaning eng ommabop nashrlaridan biri — «The Korea Post» jurnalining O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi tadbirlari doirasida ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro almashuvlar yiliga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi, deb xabar bermoqda «Jahon» AA.
Jurnalda chop etilgan maqolalarda 2021 yil dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqqani alohida ta’kidlangan. «Ikki davlat rahbarlari va delegatsiya vakillari ishtirokida imzolangan hujjatlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligini keng nishonlash, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadlari o‘rin olgan», deb yozadi jurnal.
Maqolada «Yashil» taraqqiyot, raqamlashtirish va kuchli ijtimoiy himoya siyosati sohalari alohida strategik sheriklikning uch muhim yo‘nalishi sifatida belgilangani ta’kidlangan.
Bundan tashqari, ushbu maxsus sonda e’lon qilingan materiallarda O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi diplomatiya aloqalari o‘rnatilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan o‘zaro munosabatlarning bugungi holati tahlil etilgani barobarida istiqboldagi yo‘nalishlar haqida ham atroflicha fikr yuritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter