«Doyche Velle» O‘zbekistonda OAVni rivojlantirishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan «Doyche Velle» Germaniya davlat xalqaro teleradiokompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha ta’lim loyihalari menejeri Lidiya Ranert hamda belaruslik trener Viktor Rudnikni qabul qildi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar berildi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida kelgan ushbu akademiya Andijon, Namangan, Urganch va Nukus shaharlarida bo‘lib respublikaning hududiy ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan tanishdi.
Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi («Doyche Velle»ning moliyaviy manbasi) O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish uchun 30 ming yevro mablag‘ yo‘naltiradi.
Uchrashuvda Laziz Tangriyev Agentlik faoliyati, uning tizimidagi korxona va muassasalar, ommaviy axborot vositalari, bugungi milliy media muhit haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Ma’lumot uchun, ayni kunda «Doyche Velle» (Deutsche Welle –«Nemetskaya volna») xalqaro teleradiokompaniyasida uch ming nafarga yaqin kishi ishlaydi. Dunyoning 60 davlatida uning xodimlari bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter