Shavkat Mirziyoyev rossiyalik rektorni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
Torkunov Anatoliy Vasilevichni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
«O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko‘p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta’lim almashuvlar bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Torkunov Anatoliy Vasilevich O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi Farmonda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter