«Dostavka» xizmatlari narxlari bir yilda qanchaga oshgani aytildi
O‘zbekistonda tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 3,9 foizga oshgani kuzatilgan.
Davstatqo‘m bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning avgust oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari iyul oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,3 foizga oshgan.
Yil boshidan buyon esa tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari o‘rtacha 1,7 foizga qimmatlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter