«Do‘rmon hangomalari»: Yozuvchilar bog‘ini stadionga aylantirgan futbolchilar
Toshkent viloyatida joylashgan va Yozuvchilar uyushmasiga qarashli Do‘rmon ijod uyini Samarqandning «Dinamo» futbol klubi futbolchilari o‘zlari uchun mashg‘ulot maydoniga aylantirishgan. Bu haqda «ZedNews» Telegram kanali xabar bermoqda.
Do‘rmon ijod uyi azaldan tinch-osoyishta, so‘lim maskan bo‘lgan. U yerda yozuvchi-shoirlar, ijod ahli ijod bilan shug‘ullangan yoki dam olishgan.
«Do‘rmonda futbolchilarni birinchi marta ko‘rishimiz. Axir bu yer yozuvchilar bog‘i bo‘lsa, ne-ne buyuk zotlar yashab ijod qilgan bo‘lsa. Futbolchilar baqir-chaqir qilib, hammaning tinchini buzish bilan birga bog‘dagi chimlarni ham tepalab tashashmoqda. Yozuvchilar uyushmasi bundan xabardormikan? Yoki futbolchilar ko‘proq yoki «ortiqcharoq» pul to‘lasharmikan», deb yozgan murojaatchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, boqqa qarashli cho‘milish havzasi (basseyn) 20-30 chog‘li erkakning baqir-chaqiri bilan to‘lib ketadi. Aytilishicha, basseynda ijod ahli oilasi bilan cho‘milishga kelarkan.
Do‘rmon uyi avvaldan yozuvchilarning ilhom maskani bo‘lib kelgan. Bari buyuk yozuvchilar shu yerda ijod qilgan. Shodmon Otabekning «Do‘rmon hangomalari» ham aynan shu bog‘ haqidadir.
Yozuvchilar uyushmasidan ushbu holatga biror izoh kutib qolamiz, deyiladi xabar yakunida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter