Qatar kompaniyasi O‘zbekistonda 300 mln dollarlik bog‘ yaratmoqchi
Qatarning «Power International Holding» (PIH) kompaniyasi Toshkent viloyatida 180 gektar maydonda umumiy qiymati 300 million AQSh dollariga teng bo‘lgan «Silk Road Land Edutainment Park» bog‘ini barpo etmoqchi.
Bu borada «SilkRoadInvest Group» MChJ (O‘zbekiston) va Qatar kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston vakillari Qatar tomoniga mazkur loyihaning biznes rejasini taqdimot qildilar. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng tomonlar o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv yakunida mazkur loyiha joylashgan manzilni ko‘zdan kechirish va uni amalga oshirish shartlarini batafsil muhokama qilish maqsadida shu yil fevral oyida qatarlik tadbirkorlarning O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, «Power International Holding» Qatarning xususiy sektordagi eng yirik kompaniyasi bo‘lib, 1983-yilda tashkil etilgan. Kompaniya bugungi kunda dunyoning 19 ta mamlakatida faoliyat olib bormoqda. «Forbs» nashriga ko‘ra, «PIH» Yaqin Sharqdagi o‘n uchinchi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Korxona ishchilari soni 65 mingdan ortiq. Shu kunga qadar amalga oshirgan loyihalari soni 1 100 tani tashkil qiladi. «PIH»ning Qatardagi oziq-ovqat sanoatidagi ulushi 70 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter