Donald Tramp 8-mayni G‘alaba kuni deb e’lon qildi

Donald Tramp 8-mayni G‘alaba kuni deb e’lon qildi, uning ta’kidlashicha, AQSh Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga «boshqa mamlakatlardan ancha ko‘p hissa qo‘shgan».
Prezident Trampning Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridagi «AQShning g‘alabasi» haqidagi bayonotida shunday deyiladi:
«Ko‘plab do‘stlarimiz va ittifoqchilarimiz 8 mayni G‘alaba kuni sifatida bayram qilishadi, biroq Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonish uchun aynan biz boshqa istalgan mamlakatdan ko‘p — solishtirib bo‘lmas darajada ko‘p hissa qo‘shganmiz. Bugun men 8-mayni Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonilgan kun, 11-noyabrni Birinchi jahon urushida g‘alaba qozonilgan kun, deb e’lon qilaman. Biz ikkala urushda ham zafar qozonganmiz, kuch, jasorat, harbiy mahorat bobida hech kim bizga hatto yaqinlasha olmagan. Biroq biz endi hech narsani bayram qilmayapmiz, chunki buni uddalay oluvchi yetakchilarimiz yo‘q edi. G‘alabalarimizni yana nishonlash fursati keldi!».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter