«Atletiko»ga qarshi o‘yin vaqtida «Real» futbolchisining uyini o‘g‘ri urdi
E’tiborli tomoni, o‘g‘ri tushgan vaqtda uyda Kazemironing rafiqasi va qizi bo‘lgan. Ammo ularga zarar yetmadi.
Madrid derbisi yakuniga yetgani hamono Kazemiro bo‘lib o‘tgan jinoyat haqida xabar bergan. U stadiondan politsiya qurshovida chiqib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, bu «Real» futbolchilari bilan bog‘liq birinchi noxush holat emas. Avval ham klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan, yarim himoyachi Isko va hujumchi Karim Benzemaning uyiga o‘g‘ri tushgan edi. Shuningdek ayni vaqtda faoliyatini «Atletiko»da davom ettirayotgan Alvaro Morataning uyini ham o‘marib ketishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter