Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar kursi «uchdi». Tijorat banklarida kurs 10 000 so‘mdan oshib ketdi

Dollar kursi «uchdi». Tijorat banklarida kurs 10 000 so‘mdan oshib ketdi

Foto: Xabar.uz

Tijorat banklari AQSh dollarini sotib olish kursini 10 050 so‘m, sotish kursini 10 150 so‘m qilib belgilay boshladilar.

Xususan mazkur kursni O‘zMilliybank, Asaka bank, Oriyent Finans bank, Ipak yo‘li banki, Ravnaq bank, Hi Tech bank, Aloqabank, Ipoteka bank e’lon qilishgan.

Xususan, kursni Milliy bank, «Asakabank», Orient Finance Bank, «Ipak yo‘li», «Ravnaq-bank», Hi-Tech Bank, «Aloqabank», «Ipotekabank» e’lon qilishdi.

Bugun, 14 aprel kuni, kunning birinchi yarmida deyarli barcha banklarda dollar 9850 so‘mdan sotilayotgan edi. Kechga kelib banklarda AQSh valyutasi kursi o‘rtacha 300—350 so‘mga qimmatlashib ketdi.

Davletovuz kanalining yozishicha, dollar tijorat kursining kechga borib keskin ko‘tarilishi ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Ammo, bugun Markaziy bank izohlaganidek, koronavirus tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz so‘mning qadrsizlanishiga asosiy sababchi bo‘lmoqda.

«Ammo bizga kelayotgan xabarlarga ko‘ra, qariyb barcha banklar valyuta kurslarini yangilagani, qolaversa, muayyan limitlar qo‘yganiga qaramasdan, ayrim banklar tomonidan soat 20:00dan 21:00ga qadar bo‘lgan qisqa oraliqda o‘zaro tanish-bilishlarning eski kurslarda valyuta xarid qilishiga texnik hamda boshqa imkoniyatlar yaratib berilgan. Ya’ni spekulyasiya va noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilgan.

O‘ylaymizki, Markaziy bank o‘zining nazorat instrumentlari orqali bunday nomaqbul xatti-harakatlarga, spekulyativ va insayderlik ma’lumotlaridan suiiste’mollik qilish holatlariga qarshi choralar ko‘radi. Buning uchun barcha texnik imkoniyatlarga ega», – deb yozadi bloger.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring