Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dok-1 Maks» siropidan vafot etgan bolalarning oilalariga kompensatsiya to‘lanadimi?

«Dok-1 Maks» siropidan vafot etgan bolalarning oilalariga kompensatsiya to‘lanadimi?

«Dok-1 Maks» qabul qilganidan keyin farzandlari vafot etgan oilalar kompensatsiya olishlari mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ma’lum qildi.

«Zaharlanish sodir bo‘lgan dori vositalari hujjat bilan tasdiqlansa, kompensatsiya to‘lash bo‘yicha yuridik jarayonlar boshlanishi mumkin. Agarda kompensatsiyaning barcha summasi tasdiqlansa, gap-so‘zsiz to‘lab beriladi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», — deydi u.

Ma’lumot uchun, «Dok-1 Maks» preparatini iste’mol qilish natijasida vafot etgan bolalar soni 20 nafarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz,  «Dok-1 Maks» siropini O‘zbekistonga olib kiruvchi «Quramax Medika» farmatsevtika kompaniyasining litsenziyasi bekor qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring