Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyevning qizi O‘zbekistonga umumiy viza yaratishni taklif qildi

Nazarboyevning qizi O‘zbekistonga umumiy viza yaratishni taklif qildi

Foto: «Kostanayskiye novosti»

Qozog‘iston Xalqaro aloqalar, mudofaa va senat xavfsizligi bo‘yicha qo‘mita raisi, mamlakat Prezidentining qizi Dariga Nazarboyeva xorijlik sayyohlarni jalb qilish uchun O‘zbekistonga «shengen»ning osiyocha varianti «Silk viza»ni joriy qilishni taklif etdi.

Ushbu taklifni Nazarboyeva Qozog‘istonning Sariog‘och shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar bo‘yicha deputatlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston senatorlari bojxona tartibini yaxshilash, savdo aylanmalarini ko‘paytirish, turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berdilar, deb yozmoqda «RIA Novosti».

«Faqatgina Qozog‘iston va O‘zbekiston turizmini emas, mamlakatlarimizga uzoq xorijiy davlatlardan sayyohlar tashrifini ham rivojlantirish zarur. Ular Markaziy Osiyoning barcha osori-atiqalarini ko‘rishni istashadi, buning uchun esa umumiy vizani joriy etish lozim»,- dedi Nazarboyeva.

Senator Osiyocha «shengen» «Silk viza»ni yaratishni taklif qildi. Shuningdek, u axborotlashtirish mexanizmlaridan foydalanish orqali bojxona protseduralarini muvofiqlashtirish taklifini ham bildirdi.

«Shaffof, ochiq va do‘stona chegarani yaratish lozim, shunda boshqa sohalardagi aloqalar ham o‘z-o‘zidan yo‘lga qo‘yiladi», - dedi Nazarboyeva.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring