Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat. Surxondaryoda YHXB xodimlari «cho‘ntak kamera»lar bilan ish boshladi

Diqqat. Surxondaryoda YHXB xodimlari «cho‘ntak kamera»lar bilan ish boshladi

Foto: Behzod Abdujabborov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabr, 975-sonli «yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilingan edi. Unga binoan YHXB va YPX xodimlari maxsus kameralar bilan ta’minanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 8 aprelidan boshlab yurtimizda birinchilardan bo‘lib, Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlari kichik kameralar bilan ta’minlana boshladi. Bu borada viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori leytenant A. Choriyev Xabar.uz sayti uchun ma’lumot berib o‘tdi.

Foto: Behzod Abdujabborov

Ushbu qurilma maxsus buyurtma asosida Xitoy Xalq respublikasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, sinov tariqasida foydalanish boshlandi. Kameraning quvvati uzluksiz 12 soat ishlashga yetadi va har qanday ob-havo sharoitida qo‘llanilishi mumkin.

E’tiborli tomoni, qurilma maxsus buyurtma bo‘lgani bois sotuvda yo‘q. Qorong‘uda infraqizil nur yordamida sifatli tasvirga oladi. Kamera tasvir bilan birgalikda ovoz yozib oladi va fotosuratga tushirishi mumkin.

Foto: Behzod Abdujabborov

Kameraning xotirasi 32 gb bo‘lib, internetga ulanmagan va onlayn kuzatish imkoniyatiga ega emas. Har bir navbatchilikdan so‘ng maxsus xodimlar tomonidan videoyozuv o‘rganiladi. Viloyat IIB YHXB matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha ushbu qurilma hozircha faqat sinov tariqasida qo‘llanmoqda. Keyingi bosqichda uni internetga ulash va onlayn tarzda kuzatib borish imkoni paydo bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring