Dior, Armani bilan shartnomalar: Husnixati chiroyli qozog‘istonlik qiz jahon brendlari tomonidan e’tiborga olindi
22 yoshli qozog‘istonlik Dana Duysembay xattotlik iste’dodi tufayli jahon brendlari bilan shartnomalar tuzdi. Ya’ni Dana Dior, Valentino, Armani, Lancome, Yves Saint Laurent, Louis Vuitton kabi taniqli kompaniyalar uchun qiz otkritkalar, qutilar va sovg‘a sertifikatlariga imzo qo‘yadi, deya xabar beradi Tengri Lifestyle nashri.
Dana Duysembay Olmaota viloyati Burunday qishlog‘idan. Ayni paytda Dana Olmaota shahrida «transport muhandisligi» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaning 2-kursida tahsil olmoqda. Ammo uning yana bir sevimli mashg‘uloti xattotlik. Qizning aytishicha uning chiroyli husnixati o‘qituvchilari tomonidan e’tirof etilgan. Ehtimol shu e’tirof tufayli u olti yil avval pul topish maqsadida xattotlik bilan shug‘ullana boshlagan.
«Bolaligimdan otkritkalarga imzo chekishni, eslatma yozishni va ularni chiroyli tartibga solishni yaxshi ko‘raman. Vaqt o‘tgan sari harflar va ularning imlosi bilan bog‘liq hamma narsa menga yoqishini anglay boshladim.
2017 yilda YouTubeda bir blogerning xattotlik va harflar haqidagi videosini ko‘rib, qiziqib qoldim. YouTube, Instagram, Pinterestda boshqa mutaxassislarni qidirdim. Ularning ishlarini takrorlashga harakat qildim. Keyin men onlayn kurslar orqali cho‘tkali xattotlik ustasidan boshqa bu sohaning boshqa sirlarini ham o‘rgandim.»
Dana allaqachon oddiy qalam, cho‘tka qalam bilan mohirona ishlay oladi. Sharikli qalam va markerlar bilan chiroyli yozadi. Asboblarni tanlash yozuv yozadigan materialiga bog‘liq. Bu mevalar, barglar, shishalar, kofe stakanlari, karton, har xil turdagi va zichlikdagi qog‘oz bo‘lishi mumkin. Xizmatlarning narxi esa bir xil, o‘zgarmaydi.
«Birinchi buyurtmani qahvaxonadan oldim. 2018 yil oxirida bir muassasa ma’muriyati 100 ga yaqin qog‘oz stakanlarni bo‘yash uchun menga murojaat qildi. Keyin boshqa qahvaxonalar va kafelar bo‘r bilan yoziladigan taxtalarga menyu yozish uchun buyurtma berishni boshladi.
Jahon brendidan birinchi buyurtma 2020 yilda kelgan. Reklama agentligi menga murojaat qildi — ular meni 14 fevral kuni Jo Maloneda otkritkalarni imzolashga taklif qilishdi. Ikkinchi marta meni Diorga chaqirishdi, keyin Olmaotadagi menejer menga xat yozdi. Keyin reklama agentligi to‘rtta brend uchun shartnoma tuzishni taklif qildi: Valentino, Armani, Lancome i Yves Saint Laurent xattotlik ishlariga ehtiyoj sezdi. Keyinchalik, Yangi yil arafasida Louis Vuittondan buyurtma keldi. Men markali sumkalarga yozmayman, mening buyurtmalarim otkritkalar va qutilardir. Qoidaga ko‘ra, ular meni Instagram orqali topishadi. Xattotlik mening sevimli mashg‘ulotim bo‘lib, u sevimli ishimga aylandi.
Qiz tan oladi: ishida xatolar, gohida dog‘lar bo‘ladi, lekin hech narsa qilmagan kishi adashmaydi. Shuning uchun, asosiysi, noaniqlikni vaqtida tuzatish, xatodan xulosa chiqarish, ya’ni kelajakda o‘sha xatoni qaytarmaslikdir.
«Matn yozishga juda puxta tayyorgarlik ko‘raman. Avval matn kerakli joyga to‘g‘ri kelishiga ishonch hosil qilish uchun qalam va chizg‘ich bilan yozaman. Keyin qalam bilan chizaman. Albatta, har bir ish oldidan qo‘rquv bo‘ladi, ya’ni xato qilishdan qo‘rqaman.
Tasavvur qiling, siz ismlarni yozdingiz, mijozga buyurtmani yubordingiz va keyinchalik siz aytaylik odamning ismini noto‘g‘ri yozganingiz ma’lum bo‘ldi. Albatta, men yana yozaman. Oxirgi jumlada xat yozishda bir harfda xato qilish ayniqsa achinarli. Ammo hammasini tuzatish mumkin. Xattotlik ishida diqqat-e’tiboringiz har bir harfning chiroyli bo‘lishiga qaratilarkan, o‘z-o‘zidan xato qilish tabiiy. Shuning uchun bu ishda ikki barobar diqqatli bo‘lish talab qilinadi. Xatoga yo‘l qo‘ysa bo‘lmaydi», deydi u.
Dananing oilasi uning sevimli mashg‘ulotiga ijobiy munosabatda bo‘lib, qizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
«Men xattotlik bilan pul topish uchun emas, balki shunchaki bir qiziqish tufayli shug‘ullana boshladim. Lekin odamlarning o‘zi buyurtma berishni boshladi. Buyurtmalarni xursandchilik bilan bajardim, balki shuning uchundirki bu ish mijozlarga juda yoqqan. Menimcha, qilayotgan ishingizga ijobiy munosabat yaxshilikka ega, har qanday ishga ta’sir qiladi, shuning uchun inson o‘z ishini yaxshi ko‘rishi juda muhim», — deya xulosa qildi Dana.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter