Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dinozavrlar nega qirilib ketgan? Nihoyat, aniq javob topildi

Dinozavrlar nega qirilib ketgan? Nihoyat, aniq javob topildi

Foto: «M24.ru»

«Regnum» AA yozishicha, Yel universiteti (AQSh) olimlari 66 mln. yil muqaddam dinozavrlar qirilib ketishiga vulqonlar emas, balki aynan ulkan meteoritning kelib tushishi sabab bo‘lgan, degan yakuniy xulosaga kelishdi. Bu haqda «Phys.org» portali birinchi bo‘lib xabar tarqatdi.

Oxirgi paytlarda fanda dinozavrlarning qirilib ketishi borasida ikki qarash ustun edi. Birinchisi — Yerga ulkan meteorit kelib urilishi. Diametri 10 kilometrlik bu meteorit Yer atmosferasiga 25 km/soniya tezlikda kirib kelib, zamonaviy Meksikaning Yukatan yarimoroli hududlariga qulagan. Hozir Chiksulub nomi bilan mashhur bu krater qisman Meksika ko‘rfazida joylashgan.

Bahaybat meteorit kelib tushganidan so‘ng Yer yuzidagi hayvonot olamining 75 foizi qirilib bitgan. Meteorit kelib urilishidan hosil bo‘lgan portlash kuchiga butun dunyodagi atom bombalari bir bo‘lsa ham tenglasholmaydi.

Ikkinchisi — zamonaviy Hindistonning Dekan mintaqasi hududidagi seriyali vulqon otilishlari degan faraz. Ayrim olimlar shu paytgacha bu vulqonlar otilaverishidan sayyoramiz iqlimi keskin o‘zgarib ketib, dinozavrlar qirilib ketgan, degan taxminlarni ilgari surib kelishayotgandi.

Endi ma’lum bo‘lyaptiki, Dekan mintaqasidagi vulqonlar chindan ham sayyoramiz iqlimini o‘zgartirib yuborgan, biroq bu dinozavrlar qirilib bitgan 66 million yil oldingi davrdan ham ancha burun sodir bo‘lgan. Garchi keyinchalik, kech bo‘r davrida ham vulqonlar faollashib tursa-da, aksariyat jonivorlar yashab, moslashib, shimoliy kengliklarga ko‘chib o‘tgan, iqlim barqarorlashgach esa, tarixiy vatanlariga qaytishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring