Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diniy qo‘mita muhokamaga sabab bo‘layotgan holat yuzasidan munosabat bildirdi

Diniy qo‘mita muhokamaga sabab bo‘layotgan holat yuzasidan munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yilning 14 fevral kuni Toshkent shahridagi tadbirkor «F.R.»ning ish joyida xodimlari uchun namozxona tashkil etishga sharoit yaratib berganligi sababli ma’muriy javobgarlikka tortilishi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.

«Mazkur holat bilan bog‘liq sud qarori internet tarmog‘i foydalanuvchilari, shuningdek, ayrim davlat idoralari vakillari tomonidan ham qizg‘in muhokama qilinmoqda, tadbirkorga tazyiq o‘tkazilgani, ibodat qilishga cheklovlar belgilanganligi kabi salbiy fikrlar tarqatilmoqda», deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita munosabatida.

Qayd etilishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikning amalda izchil hamda bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlashga doir choralarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organi sifatida (O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasi) bu boradagi mavjud qonunchilikni ochiqlash, noto‘g‘ri talqinlarning oldini olish, qolaversa, ayrim tushunmovchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida o‘z munosabatini e’lon qilgan.

«Fuqarolarimizdan diniy mavzu o‘ta nozik ekanini e’tiborga olib, yana bir bor internet va ijtimoiy tarmoqlarda diniy masalalar yuzasidan fikr bildirganda xolis bo‘lish, ayni vaqtda, davlatning dunyoviy demokratik tamoyillarini qat’iy yodda tutgan holda shaxsiy qarashlarini ommaviy munosabat sifatida talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz!», deyiladi qo‘mita munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov ishchilariga namoz o‘qishi uchun sharoit yaratib bergan tadbirkor noto‘g‘ri jarimaga tortilganini qayd etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring