Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyego Simeone «Atletiko» faqat g‘alaba qozonishiga ishonadi

Diyego Simeone «Atletiko» faqat g‘alaba qozonishiga ishonadi

Foto: «Reuters»

Ispaniya chempionatining uchta turidan so‘ng «Atletiko Madrid» hisobida uch o‘yinda 3 ta g‘alaba bor. To‘qqiz ochko jamg‘argan holda «matraschilar» La Liga turnir jadvalida ishonchli peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchi — Bilbaoning «Atletik» jamoasi, undan keyin «Sevilya» turibdi.

Diyego Simeonening «Eybar» bilan o‘yindan ko‘ngli to‘lgan va keyingi musobaqalarga umid va ishonch bilan qaramoqda. Bosh murabbiy «Atletiko» mahalliy chempionatda va xalqaro arenada mag‘lubiyatga uchramaslik uchun yetarlicha kuchayganiga ishonmoqda.

«Biz yana va yana g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Yangi kishilarga ham katta mas’uliyat qo‘yilgan, biz jamoaga ishonamiz, faqat g‘alabaga intilamiz. 3:2 hisobida g‘alaba qozonayotganingizda xatolar yuz beradi. Eng muhimi — zarbadan so‘ng tiklanish. Dastlabki 20 daqiqadan so‘ng biz o‘zimizga kela boshladik», — ispan murabbiyi so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Marca».

«Atletiko»ning bu yil yozdagi eng qimmat transferi Joau Feliksga juda katta umid bog‘lashgan va hozircha «matraschilarning» yangi yettinchi raqam sohibi o‘zining bahosini ham, tanlagan raqamini ham to‘liq oqlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring