Deputatlar vazirlarni iste’foga chiqarishni taklif qilishi mumkin bo‘ladi
Deputatlar endi hukumat a’zosini iste’foga chiqarish to‘g‘risida taklif kiritishi mumkin.
Bu haqda Qonunchilik palatasining yig‘ilishida aytib o‘tildi.
— Konstitutsiyaviy qonun loyihasida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis va Prezident oldidagi mas’uliyati kuchaytirilmoqda, — dedi deputat O‘rol O‘rozboyev. —
Jumladan, Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini Prezident tomonidan belgilab berilgan ijro etuvchi hokimiyatning asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshirishi belgilanmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasining muayyan a’zosining o‘z faoliyati yuzasidan hisobotini eshitish hamda zarur bo‘lganda, uni iste’foga chiqarish to‘g‘risida Prezident ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritish vakolati berilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter