Deputat og‘ir jinoyatlarni OAVda yoritishni taqiqlashni taklif etdi
Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputati Duyshen To‘raqulov parlament yig‘ilishida og‘ir jinoyat tafsilotlarini OAvda yoritishni taqiqlashga chaqirdi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda og‘ir jinoyatlar, jamoatchilikka ta’sir etishi mumkin bo‘lgan rasmlar keng muhokama qilinmoqda. Deputat yoshlar tarbiyasi haqida qayg‘urish lozimligini ta’kidlab, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirliklariga bu hodisalar haqida OAVga xabar berishni man etishni taklif etgan.
Avvalroq, Qirg‘izistonda so‘rovnoma o‘tkazilib, mamlakatning bosh muammosi muhokama qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter