Deputat hokim etib tayinlandi
Pastdarg‘om tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Murotqobilov Vahobjon Abdug‘aniyevich nomzodi Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
V.Murotqobilov 1974 yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida boshqarma boshlig‘i, Qurilish vazirligi huzuridagi «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK bosh direktori vazifalarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Pastdarg‘om tumanining avvalgi hokimi Shunqor Xudayberdiyev viloyat hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter