Ikki hududda «uchar rahbarlar» qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «Q.a.» MChJ rahbari D.A. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan «X.» MFYda yashovchi 60 nafar aholi xonadoniga issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali boshqa maqsadlar uchun sarflab, talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda «K.G.» va «S.Y.» MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan AITB «Ipak yo‘li» Mirobod filiali hamda ATB «InfinBANK» Uchtepa filialidan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun jami 900 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishib, bank manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter