Denovda yashirin sexning kirdikorlari ochiqlandi
Denov tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti ishlab chiqarish holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.D. yashash xonadonining yordamchi xo‘jaligida yashirin ravishda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu sexdan 1 020 kg texnik chigit, 448 litr qora rangli yog‘ga o‘xshash suyuqlik, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter