Dehqonobodda qalin qor yog‘di (foto)
Dehqonobodda joriy yilning 1-aprel kuni to‘rt fasl havosi kuzatilgan. Bu haqda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O‘ktam Toshboyev so‘zlab berdi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, tumanning tog‘li Oybek va Duob qishloqlarida 1-aprel kuni qalin qor yog‘gan.
«1-aprel kuni tumanimizning bir tomonida qor yog‘gan bo‘lsa, yana bir tomonida yomg‘ir, bir tomonida esa bulutli havo va yana bir chekkasida bahordan darak bo‘lgan tog‘ lolasini ko‘rdim», — deydi O‘ktam Toshboyev. — Dehqonobod tumanida bir vaqtning o‘zida to‘rt faslni kuzatish mumkin.
O‘ktam Toshboyevning yozishicha, hududda 11 ta maktab joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter