Dehqonobodda odamlarning uyini sel bosdi (video)
Bugun, 19-may kuni Qashqadaryo viloyati Dehqobod tumanining tog‘li hududlarida yoqqan kuchli jala tufayli sel keldi.
«Xabar.uz» o‘quvchilari yuborgan videoda tumanning Surxondaryo viloyati bilan chegara hududida joylashgan Oqrabot qishlog‘idagi holat tasvirlangan.
Videoda ko‘rinadiki, sel aholi hovlilariga qadar yetgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter