Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqonobodda asfalt yo‘l kuchli yog‘ingarchilik tufayli o‘pirilib ketdi (foto)

Dehqonobodda asfalt yo‘l kuchli yog‘ingarchilik tufayli o‘pirilib ketdi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 16-aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Oqrabot qishlog‘ida o‘tgan katta asfalt yo‘l kuchli yog‘ingarchilik tufayli o‘pirilib ketdi. Bu haqda «Xabar.uz» o‘quvchilari xabar berdi.

Foto:«Xabar.uz»

Ikki tomonlama yo‘lning bir tarafi o‘pirilib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siq chegarasigacha kelgan.

Shuningdek, joriy yilning 6 aprel kuni ushbu qishloqda temir yo‘l o‘tkazilgan yer cho‘kib, poyezdlar harakati to‘xtab qolgandi. Keyinroq «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ushbu hodisa yuzasidan bayonot berib, qatnov tiklanganini bildirgandi.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring