Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqonobodda aka-ukalar ota-onasi uchun 5.000 dollar aliment to‘ladi

Dehqonobodda aka-ukalar ota-onasi uchun 5.000 dollar aliment to‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Oila kodeksining 109-moddasiga ko‘ra, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituvida ota-onalardan farzandlariga aliment undirish bilan bir qatorda, bolalardan ham ota-onasiga moddiy ta’minot undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud.

Jumladan, Byuroning Dehqonobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlarararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgarlar Sh.B. va D.B.larning har biridan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ½ qismi miqdorida qat’iy so‘mmada aliment undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlar xorijga chiqmoqchi ekanligini bildirishgan. Bo‘lim xodimlari tomonidan berilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida aka-ukalar 5 yillik aliment pulini oldindan to‘lab berish uchun murojaat qilgan.

Taraflarning o‘zaro kelishuvi natijasida joriy yilning 25 aprel kuni farzandlar 5.000 AQSh dollari miqdorida aliment pullarini to‘lab berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring