Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari pora olayotganida qo‘lga tushdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jaligi rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 mln so‘m pora talab qilib, shundan 7 mln so‘mini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter