Dehli-Moskva yo‘nalishidagi samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndirildi
Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi.
Uzbekistan airports bergan xabarga ko‘ra, «Aeroflot» aviakompaniyasining Dehli-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan AFL233 reysi samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.
«Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi», – deyiladi xabarda.
Favqulodda qo‘nishga ko‘richak (appenditsit) xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. Ekipaj yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli muqobil aerodromga qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter