Lukashenko Qrimni Rossiyaniki deya tan oldi (video)
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qrim yarimorolini Rossiya hududi deya tan oldi. Bu haqda u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Qrim amalda Rossiyaniki ekanligini hammamiz tushundik. De-fakto va de-yure Qrim Rossiyaga aylandi»,— dedi Belarus rahbari.
Avvalroq Lukashenko «so‘nggi rus oligarxi Qrimni Rossiya deya tan olsa, u ham shunday qilishini» aytgandi.
Lukashenkoning ushbu bayonoti Belarus va Ukraina munosabatlarini boshi berk ko‘chaga kirgizib qo‘yishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilgi saylovlardan so‘ng G‘arb davlatlari, shuningdek Ukraina ham Lukashenkoni legitim prezident sifatida tan olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter