Davlatning ijtimoiy majburiyatlarini amalda ta’minlash katta mehnatni talab qiladi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda mamlakatda nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish zarurati haqida to‘xtaldi.
«Biz O‘zbekistonni ijtimoiy davlat, deb e’lon qildik. Mamlakatimizda 2 million 200 mingdan ziyod ijtimoiy ko‘makka muhtoj, davlatdan yordam olayotgan oilalar bor. Aholimizning 55 foizi yoshlardan iborat.
Yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar ko‘paytirilmoqda.
Bu raqamni aytish oson, lekin uni amalda ta’minlash juda katta mehnat talab qiladi. Bunga davlat budjetidan har yili qo‘shimcha 30-40 trillion so‘m ajratish kerak bo‘ladi», – deydi Prezident.
Buning hisobidan har yili yuzlab yangi bog‘chalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligi ta’kidlandi.
Yoshlar siyosatini, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ham yangi imkoniyatlar safarbar etiladi.
Nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lami yanada kengaytiriladi.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter