Davlatning atrof-muhit muhofazasiga oid konstitutsiyaviy majburiyatlari oshyapti
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada atrof-muhit muhofazasiga oid davlatning konstitutsiyaviy majburiyatlari 3,5 barobarga, ya’ni 4 tadan 14 taga oshmoqda.
Jumladan, «Ekologik huquq» tushunchasi ilk bor bob darajasida kiritilyapti hamda har kimning qulay atrof-muhitda yashash, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqi belgilanmoqda.
Shuningdek, davlat shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi hamda shaharlarning bosh rejalari xalq bilan bamaslahat ishlab chiqilib jamoatchilik muhokamasidan majburiy o‘tkazilishi huquqi joriy etiladi.
Davlat Orolbo‘yi mintaqasi aholisi uchun qulay atrof-muhitni ta’minlash majburiyatini oladi. Tabiiy meros ob’yektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish tartibi o‘rnatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter