Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Davlat zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Andijon hamda Sirdaryo viloyatlarida davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydonlarining firibgarlik yo‘li bilan sotilishi oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan xabarga ko‘ra, idora hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.R. Andijon shahar, O‘rikzor mahallasidagi 14 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro Sh.T.ga go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, 40 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Guliston tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.A. boshqa bir fuqaro Z.E.ga o‘zini broker deb tanishtirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Boyovut tuman hokimligi zaxirasidan 6,7 gektar yer maydonini dehqon xo‘jaligi va chorvachilik uchun «E-auksion»dan yutib berish evaziga 4 500 AQSh dollari va 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring