Davlat soliq qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Bugun, 2018-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga o‘z manbasi xabar berdi.
Bizga ma’lum qilishlaricha, Musayev Behzod Anvarovich Prezident qaroriga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. 12 mart kuni soat 22:30 larda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Behzod Musayevni jamoaga tanishtirgan. Ushbu ma’lumotni Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati ham tasdiqladi.
Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasiga begona emas. Bundan avval ham u mazkur idorada birinchi o‘rinbosar sifatida faoliyat yuritgan. Undan avval esa Hisob palatasiga rahbarlik qilgan.
Hozircha «Xabar.uz»ga B.Musayevning qaysi yili va qanday sababga ko‘ra Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosarligidan chetlatilgani ma’lum emas. Shuningdek, oraliq davrda uning qayerda ishlaganini ham aniqlashning imkoni bo‘lmadi.
Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter