Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini boshlab berdilar (foto)

Davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini boshlab berdilar (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yirik qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini boshlash bo‘yicha tantanali marosimda ishtirok etdilar.

Loyihalar orasida Navoiy viloyatida kompleks va fosforli mineral o‘g‘itlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, Toshkent viloyatida logistika markazini barpo etish, Toshkent shahrida uy-joy va tijorat infratuzilmasini qurish, Qozog‘istonning Qo‘stanoy shahrida avtomobillar va Qarag‘andi viloyatida maishiy texnika ishlab chiqarishni alohida qayd etish mumkin.

Prezidentlar loyihalarga start berib, ular nafaqat o‘zaro savdo hajmini oshirishga xizmat qilishi, balki zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini, eng muhimi, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishiga ishonch bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring