Davlat rahbari har bir hokimga kam ta’minlangan oilalar sonini keskin kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida Toshkent viloyatiga qo‘shimcha 100 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Har bir oila — tadbirkor» dasturi bo‘yicha Toshkent viloyati aholisiga 350 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan.
— Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda yana 100 milliard so‘m ajratish chorasini ko‘rsin, — dedi Prezident.
Shuningdek, davlat rahbari har bir hokimga yil yakuniga qadar kam ta’minlangan oilalar sonini keskin kamaytirish, buning uchun mavjud imkoniyatdan samarali foydalanish lozimligi bo‘yicha topshiriq berildi.
— Farg‘onada 4 million aholi yashaydi. Toshkent viloyatida 3 million. Farg‘onadan qancha taklif kelayapti. Bu yerda birorta hokim chiqmadi: Bizga yana 3 milliard so‘m kredit ajrating, deb — dedi davlatimiz rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter