Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-iyundan davlat organlari va budjet tashkilotlari AKT mutaxassislari maoshiga 100 foizlik ustama qo‘shiladi

1-iyundan davlat organlari va budjet tashkilotlari AKT mutaxassislari maoshiga 100 foizlik ustama qo‘shiladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Hujjatga muvofiq, 2018-yil 1-iyundan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan bo‘linma rahbarlari har yil yakunlari bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi.

Shuningdek, davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlari uch yilda bir marta vazirlik va uning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan o‘tishi belgilandi.

Endilikda ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari vazirlik hamda uning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadi. 

Farmonning to‘liq matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring