Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan voz kechiladi

Davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan voz kechiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat banklari bergan kreditning 92 trillion so‘mi yoki 30 foizi 10 ta yirik davlat korxonasiga to‘g‘ri keladi.

Yirik korxonalar transformatsiya qilinmoqda, moliya bozorlariga mustaqil chiqib, o‘zi mablag‘ jalb qilishga o‘rgatilmoqda.

Masalan, «O‘zbekneftegaz», «O‘zavtosanoat» 1 milliard dollardan ortiq yevrobond chiqardi. Navoiy kombinati ham chetdan o‘zi bond olib kelishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Endi davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechilishi ta’kidlandi.

Bunday mablag‘larni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buning hisobidan kamida 30 trillion so‘mni xususiy biznesga yo‘naltiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring