Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat hokimiyati organlari xodimlarining AKT sohasidagi bilimlarini aniqlash bo‘yicha onlayn test tizimi joriy etiladi

Davlat hokimiyati organlari xodimlarining AKT sohasidagi bilimlarini aniqlash bo‘yicha onlayn test tizimi joriy etiladi

Foto: «dba.uz»

«Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Loyihaga ko‘ra, AKT vazirligining hududiy boshqarmalari boshliqlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi maqomi va qator vakolatlar berilishi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilimlarining minimal darajasini aniqlash bo‘yicha onlayn test o‘tkazish tizimini joriy etish, Markaziy bank bilan birgalikda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasining AT «Aloqabank»da ochilgan kredit liniyasi orqali hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar ko‘rsatish hamda istiqbolli loyihalar va tashabbuslarni moliyalashtirish bo‘yicha Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan holda imtiyozli kredit berish tartibini yo‘lga qo‘yish topshirilgan.

Qaror loyihasi muhokamasi 2018-yilning 3-martiga qadar davom etadi. Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring